Bir shaxs ikkita jinoyat ishi yuzasidan oqlandi

16:12 16 Avgust 2019 Jamiyat
89 0

Illyustrativ foto

Kegeyli tumanida yashovchi fuqaro unga tegishli deb koʻrilgan ikkita jinoyat ishi yuzasidan oqlandi. Bu haqda Kruz.uz sayti xabar berdi.

Bugungi kunda sud sohada qabul qilinayotgan farmon va qarorlar natijasida sud organlarida bir qancha oʻzgarishlar yuz berib, ayniqsa oʻtkazilayotgan har bir sud jarayonlarida insonning huquq va erkinliklarining qonuniy ravishda taʼminlanayotgani, ularning aksariyati ochiq sud jarayonlarida, sayyor sudlarda koʻrilayotganini guvohi boʻlmoqdamiz.

Biz bayon qilmoqchi boʻlgan Kegeyli tumanida yashovchi A.Matimov ismli fuqaroning 3-4 yil muqaddam Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yagona buyurtmachi xizmati “Injiniring kompaniya”sining rejalarni boshqarish va qurilishda texnikaviy jihatdan kuzatish boʻlimining suv tarmoqlari boʻyicha yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlab yurgan vaqtida maxsus buyurtma asosida ish olib borganini va u ushbu buyurtma asosida jinoiy javobgarlikka tortilib, talon-toroj qilganlikda nohaq ayblangani, dastlabki tergov va sud muhokamasi faqat bir tomonlama va noqonuniy olib borilgani, byudjet mablagʻlarini rastrata qilmagani, obyektga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzi javobgar boʻlmagani, oʻz harakatlarida jinoyat tarkibi yoʻqligini, shu sababdan oʻzini aybsiz deb topib bu boʻyicha odil sudlovni soʻrab oʻzini oqlashni soʻragan shikoyati asosida, A.Matimovga oid jinoyat ishining yangitdan koʻrib chiqilgani hamda qanday qarorga kelganligi toʻgʻrisida soʻz qilmoqchimiz.

Haqiqatdan ham sud hukmiga koʻra, A.Matimov shartnomada koʻrsatilgan 152.278.258 soʻmlik qurilish rekonstruksiya ishlari toʻliq bajarilmagan boʻlsa ham, yaʼni “Raoʻshan” OFY hududidagi suv tarmoqlari roʻyxati va nasos stansiyasida bajarilgan ishlar boʻyicha yolgʻon maʼlumotlar kiritilib, umuman 24.437.116 soʻmlik byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan hamda Shoʻmanoy tumani “Birleshik” OFY hududidagi “Bagʻ aoʻыl” elatidagi suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmagan boʻlsa ham hisob fakturaga qoʻshib yozib jami 17.320.602 soʻmlik ish hajmi bajarilmagan boʻlsa ham toʻliq bajarilganligi haqida rasmiy hujjat hisoblangan bajarilgan ish hajmni qabul qilish dalolatnomalarini bila turib qalbakilashtirib va taqdim qilib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganlikda ayblanib, u bir qator shaxslar bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sud hukmiga keltirilgan shikoyat kassatsiya bosqich sudida koʻrilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari sudining 2017-yil 22-fevral kungi ajrimiga asosan sud hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan.

Ammo A.Matimovning shikoyati asosida jinoyat ishi nazorat tartibida koʻrilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2019-yil 19-aprel kungi ajrimi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari sudining 2017-yil 22-fevral kungi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi yangitdan kassatsiya bosqich sudida koʻrib chiqish uchun yuborildi.

A.Matimovga oid ikkita jinoyat ishlari yuzasidan hukmlarning A.Matimovga oid qismini bekor qilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari sudi tomonidan 2019-yil 7-avgust kungi ajrimida unga oqlov hukmi chiqarildi.

Sababi A.Matimovga nisbatan olib borilgan dastlabki tergovda Jinoyat protsessual kodeksining qonuniylik, haqiqatni aniqlash va aybsizlik prezumpsiyasi tamoyillariga amal qilmasdan, ish boʻyicha jinoyat yuz bergani, agarda jinoyatga qoʻl urilgan boʻlsa uning yuz berishida kim aybdor ekani, unga bogʻliq barcha holatlarni aniqlash choralarini koʻrmagani maʼlum boʻldi.

Yuqorida aytilgandek, davlatimizda inson huquq va manfaatlari hamma narsadan ustun boʻlishini taʼminlash, insonning qadr-qimmatini, dardu-tashvishini oʻylab yashash bugungi kunda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning asosiy vazifasi boʻlmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?