“Bir qishloq — bitta mahsulot” tamoyili boʻyicha sinov loyihasi ishga tushirilmoqda. U nima beradi?

11:07 14 Avgust 2019 Jamiyat
68 0

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi “Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish doirasida “Bir qishloq — bitta mahsulot” tamoyili boʻyicha intellektual-rivojlangan infratuzilmaning sinov loyihasini (keyingi oʻrinlarda – loyiha) ishga tushirmoqda. Bu haqda Agentlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Bunday darajadagi kompleks yondashuv hudud uchun quyidagi maqsadli vazifalarni hal etish imkoniyatini beradi:

1. Hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish;

2. Yangi intellektual ish oʻrinlarini yaratish;

3. Issiqxona xoʻjaliklarida gaz sarfini sezilarli kamaytirish;

4. Qishloq aholisini ekologik toza oziq-ovqat bilan taʼminlash;

5. Qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash.

Loyiha qishloqlarda katta boʻlmagan intellektual-ishlab chiqarish va avtonom infratuzilmaning qurilishini nazarda tutadi, uning ichiga quyosh kollektorlari, issiqxona va baliqchilik xoʻjaliklari, suv taʼminoti tizimi kiradi.

Sinov loyihasini Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Paxtazor qishlogʻida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan toʻrt oy oldin Paxtazor qishlogʻida suvni tozalaydigan uskuna oʻrnatilgan edi va u oʻz samarasini koʻrsatdi hamda hozirgi kunda qishloqni barcha standartlarga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan taʼminlab kelmoqda.

Loyihaning yaratilayotgan infratuzilmasi resurslarni tejash va yuqori sifatli ekologik toza mahsulot olish uchun mavjud texnologik yechimlaridan maksimal darajada foydalanadi.

Fermer xoʻjaliklarining rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yagona onlayn portalini ishlab chiqish boʻyicha ishlar boshlangan, unda fermerlar oʻzlarining tajribalari bilan almashishi va butun jahonning ekspertlaridan maslahat olishlari mumkin.

Portal qishloq-marketpleys funksiyasini ham bajaradi, onlayn rejimda mahsulotni sotish imkoniyati bilan, bu mijozlarni qidirish jarayonini sezilarli darajada maqbullashtirish imkonini beradi.

Dastlabki yiriklashtirilgan hisob-kitoblarga koʻra baliqchilik xoʻjaliklari boʻyicha xarajatlarni qoplanishining quyidagi muddatlarini belgilash mumkin:

1. Yiliga 2500 kilogrammgacha forel, tilapiya, sazan va osyotr baliqlarini ishlab chiqaradigan universal qurilmali xoʻjalik yetkazib berishni hisobga olmaganda 487 mln. soʻmga aylanadi (narxga qurilmaning montaji qoʻshilgan). Bunday qurilmaning xarajatlari qoplanishi 3 yilgacha hisoblangan.

2. Afrika laqqasini ishlab chiqarishga moʻljallangan xoʻjalik. Qurilma yiliga 1500 kilogrammgacha baliq ishlab chiqarish imkonini beradi. Montaji bilan yetkazib berishni hisobga olmaganda narxi – 583 mln. soʻm. Xarajatlarning qoplanishi 3 yilgacha.

Undan tashqari, butlovchi buyumlarni yoki tizimni toʻliq ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi koʻrib chiqilmoqda, bu esa qurilmaning soʻnggi narxiga taʼsir etadi hamda logistika xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi.

Qayd etib oʻtishimiz kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qaroriga muvofiq kredit ajratilishi imtiyozli shartlar bilan koʻzda tutilgan. Shuningdek, tashkil etilayotgan baliqchilik klasterlarining yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna boʻlgan taqdirda ular 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalardan ozod etiladi. Bundan tashqari, kredit hovuzlar qurishni, maxsus texnika xarid qilishni va boshqa keng turdagi ishlarni nazarda tutgan taqdirda,

2019-2020-yillarda tijorat banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlarning foizlari 50 foizgacha kompensatsiya qilib berish tartibi oʻrnatiladi. Kompensatsiya toʻlovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Issiqxona xoʻjaliklarining dastlabki yiriklashtirilgan hisob-kitobiga koʻra 1 ga mahalliy issiqxonani qurilishi quyosh kollektorlaridan foydalangan holda va materialning sifatiga qarab 985,6 mln. soʻmdan boshlanishini koʻrsatmoqda. Bu tizimning quyosh kollektorlari yiliga 91 mVt issiqlik energiyasini hamda yiliga 7 800 tonna issiq suv, shundan qish davrida 942,8 tonna ishlab chiqarishga imkonini beradi.

Ishlatish taklif qilinayotgan quyosh konsentratorlari oson yigʻiladi, tuzilishida qimmat turadigan komponentlarga ega emas va hizmat koʻrsatishi qulay. Potensial quyosh energiyasidan foydalanish xarajatlarini qisqartiradi hamda hosildorlikni oshiradi.

Loyihani amalga oshirilishi hududlar rivojiga muhim turtki boʻlib, aholini ish joylari, toza ichimlik suvi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlaydi, shuningdek hududning ekologiyasini saqlashda energiya sarfini sezilarli darajada muqobillashtiradi.

Taqdim etilayotgan yangi texnologiyalar energiya manbalaridan foydalanishning maksimal samaradorligiga erishish imkonini beradi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash sohasida biznes uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

“Raqamli ishonch” jamgʻarmasi xususiy investorlarni hamda kichik va oʻrta biznesni (keyingi oʻrinlarda – investorlar) hamkorlikka taklif qiladi. Investorlar taqdim etilayotgan texnologiyalar va ularning samaradorligi bilan pastda koʻrsatilgan raqam orqali bogʻlanib tanishishlari va “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi bilan birgalikda mamlakatning turli qishloqlarida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilishlari mumkin.

Yechimlarning yuqori tayyorgarligi, tezkor miqyosini kengaytirishga ehtiyoj, energiya va oziq-ovqatga boʻlgan yuqori talabni hisobga olgan holda investorlar uchun noyob imkoniyatlar oynasi ochiladi.

“Raqamli ishonch” jamgʻarmasi investorlarga bepul yuridik koʻmak va quyidagilarda yordam beradi:

1. Texnologiyalarning xususiyatlarini va afzalliklarini toʻgʻrisida maʼlumot olishda;

2. Shartnomalarni tayyorlashda va ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda;

3. Talab etiladigan maydonlar va infratuzilma uchun barcha hisob-kitoblarni amalga oshirishda;

4. Jihozlarni yetkazib berish va oʻrnatish ishlarida.

Yangi yechimlarga yuqori talab mavjudligi tufayli, Jamgʻarma ishlab chiqarishga birgalikda investitsiya qilishga manfaatdor shaxslarni taklif etadi.

Yuqoridagi barcha masalalar boʻyicha aloqa qiladigan shaxs “Raqamli ishonch” jamgʻarmasining yetakchi mutaxassisi Vladislav Dolenko bilan +998 94 679-00-79 raqami orqali bogʻlanishingizni soʻraymiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?