Bir qarashda avtomashina yukxonasi boʻsh, ammo...

17:33 14 Avgust 2019 Jamiyat
100 0

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.B. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi shubha ostiga olinib, toʻxtatildi va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Bir qarashda avtomashina yukxonasi boʻshdek tuyulsa-da, ammo yukxonada taxtadan yashirin boʻlma hosil qilingani aniqlandi. Ushbu hufyona joyga esa hech qanday tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan 1 tonna 244 kilogramm rangli metall parchalari yashirilgan ekan. 

Ashyoviy dalil sifatida olingan, qiymati esa 16 mln. soʻmlik rangli metall parchalari “Oʻzikkilamchirangmetzavod” AJning viloyatdagi filialiga vaqtincha saqlovga topshirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?