Bir kunda aholi orasidan 142 holat aniqlandi. Bu rekord koʻrsatkich

00:08 05 Iyul 2020 Jamiyat
231 0

Shu yilning 4-iyul kuni mamlakatimizda 312 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 162 nafari Karantin muassasalarida, 142 nafari aholi orasida (shundan 105 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida), 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, 4-iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida avvaliga 55 nafar, soʻngra yana 119 nafar bemor tuzalib, jami 174 nafar fuqaro sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9708 nafar bemordan 6425 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3252 nafar bemordan 15 nafari ogʻir, 9 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 42 659 nafar, statsionar karantinda esa 24 301 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?