“Bir kitob oling, bir kitob qo’ying!”

17:00 02 Mart 2018 Madaniyat
677 0

Namangan  shahridagi bir qator ko’cha va xiyobonlarda chiroyli va ixcham kitob javonlari paydo bo’ldi. “Xalq kutubxonasi” deb nomlangan bunday javonlarning har biri 70-80 donadan badiiy adabiyot bilan to’ldirildi. 
— Shahardagi faol ziyolilar hamkorligida o’rnatilayotgan bunday kitob javonlari bir qarashda g’alati tuyulsada, mohiyatini anglab etgan insonning bahri-dili ochiladi, — deydi  ijtimoiy loyiha tashabbuskori, “Namangan kitob olami” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ma’rufjon Mo’minov. — “Bir kitob oling, bir kitob qo’ying!” shiori bitilgan javonlardan istalgan kishi o’zi qiziqqan adabiyotni mutolaa uchun tanlashi mumkin.
Ibratli tadbir doirasida dastlab Olvalizor, Bunyodkor, Yakkatut va Objuvoz mahalla fuqarolar yig’inlarida “Xalq kutubxonasi”dan  foydalanish yo’lga qo’yildi. Yaqin vaqt ichida ma’rifat tarqatishga yo’naltirilgan yangilik barcha mahallalarda joriy etilib, umumfoydalanishdagi kitob  javonlari soni  500 taga etkaziladi.                                                                                     
Qudratilla NAJMIDDINOV,                                                                                       
“Xalq so’zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?