Bir kilo goʻshtning narxi qancha?

16:54 29 Aprel 2019 Iqtisodiyot
763 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 28 aprel holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryoda Qarshi shahar markaziy dehqon bozorida, Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 40 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 44 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Farhod dehqon bozori va Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 28 000 dan 38 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 42 000 dan 44 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

3 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

7 200 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 7 200 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon un Toshkentning “Qoʻyliq” dehqon bozorida boʻlib, uning narxi 1 kg. uchun 1 750 – 3 350 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 soʻmdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qoʻyliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahri markaziy dehqon bozorida va Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 350 - 700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 soʻmdan – 4 500 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farhod”, “Yunusobod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 soʻmdan – 2 500 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 – 4 500 soʻmgacha.

Pomidor

5 000 soʻmdan – 17 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 soʻmdan - 8 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

1 000 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?