Bir yilga kechiktirilgan futbol boʻyicha Yevropa chempionati manzillari oʻzgarmadi

19:11 17 Iyun 2020 Sport
318 0

Maʼlumki, ushbu nufuzli turnir shu yil 12-iyundan 12-iyulga qadar koʻhna qitʼadagi 12 ta shaharda boʻlib oʻtishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab UYEFA tomonidan 17-mart kuni mazkur musobaqa bir yilga kechiktirilgan edi. Endi u oʻsha-oʻsha 12 shaharda faqat kelgusi yilning 11-iyunidan 11-iyuliga qadar tashkil etiladi. Bu haqda UYEFA matbuot xizmati xabar berdi.

Bellashuvlarga Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Baku, Rim, Buxarest, Dublin, Kopengagen, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Amsterdam shaharlari mezbonlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?