Bir yilda 50 ming nafar xotin-qiz zoʻravonlik qurboni boʻldi

12:53 27 Noyabr 2018 Dunyo
677 0

Illyustrativ foto

Oʻtgan yili dunyo boʻyicha 87 mingga yaqin xotin-qiz oʻldirilgan. Ulardan 50 ming nafari uydagi zoʻravonlik qurboni boʻlgan.

Bu haqda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi maʼlum qildi.

Boshqarma ijrochi direktori Yuriy Fedotovning aytishicha, qotillik qurbonlarining aksariyat qismi erkaklar boʻlsa, ayollar gender notengligi, tahqirlash va salbiy stereotiplardan eng koʻp aziyat chekmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, dunyoda uy zoʻravonligi soni oshgan. Xususan, 2017 yilda yaqinlari yoki qarindoshlari zoʻravonligi oqibatida hayotdan koʻz yumgan ayollar soni 58 foizni tashkil etdi. Bu 2012 yilga nisbatan 11 foiz koʻpdir.

Bu boradagi eng xavfli hudud Afrika hisoblanadi. Bu yerda har 100 ming xotin-qizga qotillik koeffitsiyenti 3,1 nafarni tashkil etmoqda.

Bu koʻrsatkichlar Janubiy va Shimoliy Amerikada 1,6, Okeaniya 1,3, Osiyo 0,9, Yevropa 0,7 nafarga tengdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?