Bir guruh eronlik fuqarolar qalbaki pasport bilan Oʻzbekistonga kirishga urindi

16:54 06 Dekabr 2019 Jamiyat
650 0

Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtish boʻyicha muayyan qonun-qoidalar toʻgʻrisidagi targʻibot olib borilishiga qaramay baʼzi bir shaxslar tomonidan qonunbuzarlik holatlari uchrab turmoqda.

Shu yilning 4-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan oʻtkazish vaqtida ana shunday shaxslardan 5 nafari qoʻlga olindi. Asli Eron Islom Respublikasi fuqarolari boʻlgan bu shaxslar taqdim etgan Ispaniya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda ularning qalbaki ekanligi maʼlum boʻldi. Ularga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?