Bir daqiqaning oʻndan birining qadri qancha?

14:18 23 Noyabr 2018 Lifestyle
354 0

Illyustrativ foto

Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra.

Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra.

Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra.

Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra.

Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dehqondan soʻra.

Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra.

5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra.

Bir daqiqaning qadrini bilmoqchi boʻlsang – mehmon kutayotgan yolgʻizdan soʻra.

Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorning kasalxonaga olib kelayotgan haydovchidan soʻra.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?