Biologik faol qoʻshimchalarni yashirincha olib kirmoqchi boʻlgan shaxs fosh etildi 

17:30 02 Dekabr 2019 Jamiyat
74 0

Urganch aeroportiga xorijiy mamlakatdan uchib kelgan fuqaro T.M. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Natijada uning yuklari orasida bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovi paytida aytilmagan va deklaratsiyada koʻrsatilmagan 470 dona biologik faol qoʻshimchalar borligi aniqlandi. Bu haqda DBQ xabar berdi.

Shuningdek, yana bir holatda mazkur aeroportga qoʻshni mamlakatdan uchib kelib yashil yoʻlakdan harakatlanayotgan fuqaro J.F. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada uning yuklari orasida bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan va deklaratsiyada koʻrsatilmagan jami 2 kg. biologik faol qoʻshimchalar borligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?