Bildirsoyda shifobaxsh balchiq yordamida muolaja qilinadigan sanatoriy-mehmonxona bunyod etildi

11:46 16 Aprel 2019 Jamiyat
618 0

Boʻstonliq tumanining Bildirsoy hududida oʻziga xos dizayn asosida “Tibet” sanatoriy-mehmonxonasi bunyod etildi. Besh qavatli ushbu majmuada ayni paytda jihozlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

— Bu yerda bir vaqtning oʻzida 120 nafar kishi dam olib, oʻz sogʻligʻini tiklab olishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, — deydi loyiha tashabbuskori, “Radiks” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi direktori Abudugʻafur Karimov. — Majmuani qurish, jihozlash va hududini obodonlashtirish ishlariga 45 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan markaziy ommaviy axborot vositalari uchun Toshkent viloyatiga tashkil etilgan info-tur ishtirokchilari mazkur sanatoriyda boʻldilar.

“Tibet”ning boshqa sanatoryilardan farqli jihati shundaki, bu yerda xorijdan olib kelingan shifobaxsh balchiq yordamida muolajalar qilinishidir. Bundan tashqari, xalq tabobati asosida hududdagi mineral tuzlarga boy buloq suvlari, shifobaxsh giyohlar asosida ham maxsus vannalarda qabul qilish, shuningdek, xitoy tabobati usullari ham qoʻllaniladi.

Sanatoriy tayanch harakat hamda asab tizimida kasalligi bor kishilarni davolashga moʻljallangan.

Said RAHMONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?