Beshmerganga “turizm qishlogʻi” maqomi berilishi mumkin

18:46 14 Oktyabr 2020 Welcome to uzbekistan
116 0

Xorazm viloyatining Shovot tumanida joylashgan Beshmergan qishlogʻiga “turizm qishlogʻi” maqomi berilishi mumkin. Qishloq fuqarolarining viloyat hokimiga yoʻllagan ayni shu mazmundagi murojaatini oʻrgangan ishchi guruh shunday xulosaga keldi.

Qishloqda Abduxoliq Gʻijduvoniy va Ahmad Yassaviyning ustozi hisoblangan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi joylashgan.Bu qadamjo ziyoratchilar oqimi boʻyicha Xivadagi Pahlavon Mahmud ziyoratgohidan keyin  ikkinchi oʻrinda turadi .

Qishloq markazidan  ikki kilometr uzoqlikda turistik yoʻnalishga kiritilgan Xorazmning koʻhna shaharlaridan biri –  Katqalʼa yodgorliklari joylashgan.  2000-yillik tarixga ega, bagʻrida 40 dan ortiq baliq turlari mavjud boʻlgan  Achchiqkoʻl esa ekoturizmni rivojlantirishda juda qulay imkoniyatlarga ega. Qishloqning 20 nafardan ortiq tadbirkorlari ziyorat, gastronomik va ekoturizm, hunarmandchilik, uy mehmonxonalari tashkil etish uchun loyihalarini  taqdim etishgan.Ushbu tashabbuslarning qoʻllab-quvvatlanishi natijasida Beshmergan qishlogʻi yaqin yillarda viloyatning yirik sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi mumkin. 

Odilbek Odamboyev
(“Xalq soʻzi”)

                      

                 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?