Beruniydan-Qoraqamishgacha, TTZ va “Ippodrom”gacha. Toshkent metrosining yana uchta yerosti tarmogʻi qurilishi mumkin

13:28 01 Iyul 2019 Jamiyat
366 0

Transport boʻyicha bosh loyihalash-tadqiqot instituti (“Boshtransloyiha” AJ) mutaxassislari tomonidan Toshkent metrosining yana uchta yerosti tarmogʻini qurish taklif etilyapti.

Yaqinda davlat rahbariga taqdim etilgan poytaxt metropolitenini rivojlantirish boʻyicha loyihada mazkur yangilik ham oʻrin olgan.

Unga koʻra, “Beruniy” stansiyasidan Qoraqamish tomon ikkita, “Buyuk ipak yoʻli” stansiyasidan Traktor zavodi(TTZ) tomon uchta, “Mingoʻrik” stansiyasidan Otchopargacha yettita yangi bekat qurilishi taklif etilgan.

Bugungi kunda poytaxt metrosining umumiy uzunligi 36 km.ga teng. Yana 10 km.i esa barpo etilyapti. Bundan oldin 2025-yilgacha Toshkent metrosi uzunligini toʻrt barobar, yaʼni 157 km.gacha yetkazish, 74 ta, jumladan, 17 ta peresadka bekatini bunyod etish rejalashtirilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?