Benzin tashuvchi avtomobil portlab ketdi. Qurbonlar koʻp

12:08 11 Sentyabr 2018 Dunyo
436 0
Foto: Reuters.com

Nigeriyaning Nasarava shtatida benzin tashuvchi avtomashina portlab ketishi oqibatida 35 kishi hayotdan koʻz yumdi, 100dan ortigʻi jarohatlandi, deb xabar berdi Reuters.

Qutqaruv xizmati vakili Usmon Ahmadning soʻzlariga koʻra, fojia yoqilgʻi quyish shoxobchasida roʻy bergan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, koʻpchilik qurbonlar portlash joyini tomosha qilishga kelganlar boʻlgan.

Voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari ish olib boryapti. Hodisa sabablari va jabr koʻrganlarning aniq soni aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?