Benzin sotib olish uchun kimlarga kompensatsiya toʻlanadi?

16:20 05 Noyabr 2018 Jamiyat
907 0

Qonunchilikka muvofiq, bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi. 2018 yil 16 noyabrdan kompensatsiya miqdori 66 ming 700 soʻmni tashkil etadi, deb xabar qiladi “Huquqiy axborot“ kanali.

Kompensatsiya olish huquqiga ega shaxslar roʻyxati:

– urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar

– urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

– mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;

– I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Kompensatsiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

– ariza;

– pasport nusxasi;

–imtiyozga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);

– tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib boʻlish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);

– avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;

–haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?