Bemorlarni davolash bilan bogʻliq yangicha tartib joriy etilmoqda

12:08 30 Iyun 2020 Jamiyat
189 0

Respublika maxsus komissiyasi tegishli qaroriga muvofiq, 5-iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bogʻliq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etilmoqda:

— kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi;

— shifoxonalarda va uy sharoitida daqolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etiladi;

— koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi muloqotda boʻlganlarni 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan roʻyxatga asosan mehonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi;

— birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini oʻtkazish vakolati Bosh sanitar shifokor koʻrsatmalaridan kelib chiqib hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi;

— aholining populyatsion maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sogʻliqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?