Bemorlar Janubiy Koreyada davolanishadi

09:57 26 Iyun 2019 Jamiyat
286 0

Buxoro shahrida oʻz shifoxonasini barpo etgan Janubiy Koreyaning “Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan” klinikalar tarmogʻi xayrli tashabbus bilan maydonga chiqdi.

Unga koʻra, suyak va boʻgʻim kasalliklari bilan ogʻrigan oʻzbekistonlik ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand 100 nafar bemor bepul operatsiya qilinadi.Bemorlarni Buxoroda davolash imkoni boʻlmaganida jarrohlik amaliyoti Janubiy Koreyada oʻtkaziladi.Barcha xarajatlar koreyalik hamkorlar tomonidan amalga oshiriladi.Kuni kecha viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tavsiya etilgan ana shunday bemorlarning dastlabki yetti nafari saralab olindi.Ular Koreyaga joʻnab ketishmoqda.

-Oʻtgan yilning mart oyida Buxoroda “Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan”tarmogʻining klinikasini ochish yuzasidan kelishuvga erishilgandi,-deydi “Ximchan –Buxoro” klinikasi bosh shifokori Seo Jong Pil.- Mijozlarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda kam taʼminlangan bemorlarga yordam qoʻlini choʻzish maqsadidamiz.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki,ushbu yirik klinikaning Koreyada 8 ta kasalxonasi bor.Buxorodagi klinikani barpo etish uchun esa xorijiy investorlar 6 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan – toʻgʻri sarmoya kiritishgani aytilmoqda.

Istam IBROHIMOV,
“(Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?