“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro kurorti loyiha ofisi tashkil etiladi

20:12 21 Sentyabr 2020 Jamiyat
217 0

“Tog‘li hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, Bo‘stonliq tumanida “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” DUK xalqaro umummavsumiy kurortini (XUK) qurish va ekspluatasiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.

XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bog‘liq xizmatlar uchun uskunalar sotib olish bo‘yicha Fransiya Gʻaznachiligining qarzlari, imtiyozli kreditlari va xorijiy tijorat banklarining qarzlari jalb qilinadi. Shunga ko‘ra, XUK qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida qarz jalb qilinishi belgilangan.

Qarorga muvofiq, XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi hamda bu bo‘yicha Boshqaruv kengashi tarkibi tasdiqlandi. 

XUK hududida joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquq Boshqaruv kengashining qarori bilan “E-IJRO-AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali bosqichma-bosqich sotiladi.

Istisno tariqasida, yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘larning 90 foizi Loyiha ofisi hisobiga, 10 foizi Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?