“Belavia Airlines” aviakompaniyasi Minskdan Toshkentga muntazam reysni yoʻlga qoʻyishi mumkin

14:13 11 Fevral 2020 Iqtisodiyot
110 0

Foto: toursoyuz.by

Belarusning “Belavia Airlines” aviakompaniyasi Minskdan Toshkentga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Yangi yoʻnalish aviakompaniya jadvaliga 2020-yilda kiritiladi.

Belarus transport va aloqa vazirligining Aviatsiya departamenti direktori Artyom Sikorskiy bu haqdagi rejalar toʻgʻrisida mahalliy “STV” telekanali muxbiriga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Sikorskiyning taʼkidlashicha, “Belavia Airlines” 2019-yilda 55 ta yangi yoʻnalishda parvozlarni yoʻlga qoʻygan. 2020-yilda ham bu davom ettiriladi. Kompaniya Toshkentga muntazam parvozlarni tashkil etishdan manfaatdor boʻlib, bundan tashqari, Vena va Ispaniyaning Reus shahriga ham muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?