Belarusda Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

22:19 04 Avgust 2020 Dunyo
209 0

Bugun Belarusda Prezident saylovining muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

“BelTA” axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, 9-avgust kuni saylovda ishtirok etish imkoniyati yoʻq fuqarolar 4-8-avgust kunlari oldindan ovoz berish huquqidan foylanishi mumkin. Saylov uchastkalari soat 10.00 dan 14.00 gacha va 16.00 dan 19.00 gacha ishlaydi.

Ovoz berish byulletenlariga prezidentlikka besh nafar nomzod — Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechen va amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko kiritilgan.

4-avgust holatiga koʻra, Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida 201 nafar xalqaro kuzatuvchi mamlakat Markaziy saylov komissiyasida akkreditatsiyadan oʻtgan. Shuningdek, 35 ta xorijiy diplomat, shu jumladan Oʻzbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi vakillari respublikada akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik missiyalarining kuzatuvchi maqomidagi guvohnomalariga ega boʻldi. Akkreditatsiyadan oʻtgan milliy kuzatuvchilar soni esa 48 642 tani tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?