Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko uch kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga kelmoqda

18:32 12 Iyun 2018 Siyosat
562 0
Foto: InfoResist

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko shu yilning 12 — 14 sentyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

Bu haqda Belarus Respublikasi kengashi raisi Mixail Myasnikovich Minskda O‘zbekiston parlamenti a’zolaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan.

Belarus Prezidentining Toshkentga tashrifi uchun bir qator hujjatlar tayyorlanyapti. Myasnikovichning fikricha, ayni paytda O‘zbekiston tomonida to‘qqizta bitim loyihasi turibdi, umuman, 11 ta hujjat loyihasi ustida ish olib borilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?