Belarus taʼlim vaziri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi

17:21 14 Sentyabr 2018 Jamiyat
481 0
Foto: TDPU matbuot xizmati

Shu kunlarda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan yurtimizda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida bugun, 14 sentyabr kuni Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenko Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etayotgan oʻzbek-belorus qoʻshma fakultetining ochilishiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.

Qoʻshma fakultet uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan Igor Karpenko oʻzbek-belarus qoʻshma fakulteti talabalari uchun 150 nomdagi oʻquv adabiyotlarini yetkazib berish rejalashtirilayotgani toʻgʻrisida maʼlum qildi. Shuningdek, qoʻshma fakultet talabalari uchun ikki davlat professor-oʻqituvchilari hammuallifligida yangi oʻquv adabiyotlarini yaratish masalasi muhokama ham qilindi.

Igor Karpenko universitetdagi taʼlim uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish asnosida universitetning biologiya, kimyo laboratoriyalari, keng imkoniyatlarga ega axborot resurs markazini koʻzdan kechirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Oʻzbek-belarus ilmiy markazi hamda qoʻshma fakultet tashkil etilishi munosabati bilan 18 sentyabr kuni Belorus davlat pedagogika universiteti vakillarining yurtimizga tashrifi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?