Bekzod Abdurahmonov — jahon chempionati sovrindori!

10:09 22 Oktyabr 2018 Sport
784 0

Musobaqaning dastlabki kuni -74 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz avvaliga Polsha, keyin esa Ozarbayjon vakillarini magʻlubiyatga uchratdi va bronza medali uchun gilamga chiqish huquqiga ega boʻldi. Sovrinli oʻrin uchun kechgan bahsda turkiyalik Soner Demirtashni magʻlubiyatga uchratib, Oʻzbekiston hisobiga mazku jahon chempionatidagi ilk medalni qoʻshib qoʻydi.

Ushbu vazn toifasida rossiyalik Zaurbek Sidakov jahon chempioniga aylandi. U final uchrashuvida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonovni ilk davradayoq magʻlubiyatga uchratgan gruziyalik Avtandil Kenchadzeni taslim etdi. Ikkinchi bronza medali AQSH vakili Jordan Barrousga nasib etdi.

Bugun -70 kg. vazn toifasida yurtimiz sport sharafini Rio Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navroʻzov himoya qiladi. U saralashning birinchi bosqichida yaponiyalik Keysuke Otaguroga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, -97 kg. vazn toifasida esa Oʻzbekiston nomidan Rio Olimpiadasi hamda Osiyo oʻyinlari sovrindori, Osiyo chempioni Magomed Ibragimov ishtirok etadi. Magomed birinchi davrada turkiyalik Fotih Yasarliga qarshi gilamga chiqadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?