Bektemir Meliqoʻziyevning navbatdagi jang sanasi aniq boʻldi

15:57 27 Iyun 2020 Sport
177 0

Professional boksning superoʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqoʻziyev (5-0, 4 KO) 24-iyul kuni professional boksdagi navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda bokschining oʻzi GoSport.uz nashriga maʼlum qildi.

Shu maqsadda Bektemir Meliqoʻziyev 28-iyun kuni Toshkent-Nyu-York yoʻnalishi boʻyicha harakatlanuvchi charter reysdagi samolyotda AQSHga uchib ketadi va oʻsha yerda mashgʻulotlarni davom ettiradi.

24-iyul kuni Oskar De La Xoyya rahbarligidagi Golden Boy promouterlik kompaniyasi muxlislarsiz oʻtadigan boks oqshomi tashkil etadi va unda Meliqoʻziyev ham ringga koʻtarilishi rejalashtirilgan. Hozircha Bektemirga kim raqib boʻlishi aniq emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?