Bektemir Meliqoʻziyevning keyingi jangi sanasi maʼlum qilindi

08:51 29 Iyun 2020 Sport
109 0

Oʻzbekistonlik bokschi Bektemir Meliqoʻziyev keyingi jangini shu yil 24-iyul kuni Golden Boy turniri doirasida oʻtkazadi. Bu haqda Upl.uz manbasi xabar berdi.

Hozircha uning raqibi kim boʻlishi aniq emas. Kecha hamyurtimiz jangga tayyorgarlik koʻrish uchun AQSHga yetib borgan.

Eslatib oʻtamiz, Meliqoʻziyev hozirgacha professional boksda 5 ta jang oʻtkazib barchasida gʻalaba qozongan. Shundan toʻrttasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?