Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini davom ettiradi

12:24 03 Aprel 2019 Sport
249 0

Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni, Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Soʻnggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqoʻziyev kuni kecha AQSHga joʻnab ketgan. Bektemir Meliqoʻziyev u yerda ”Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda oʻzbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO), Murodjon Ahmadaliyev (5-0, 4KO), Isroil Madrimov (2-0, 2 KO) va Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) shugʻullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi oʻzbekistonlik sportchi boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, kecha havaskor boks boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingan va undan Bektemir Meliqoʻziyev oʻrin olmagandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?