Bekobodda yangi avto bosh bekat foydalanishga topshirildi

14:50 30 Avgust 2019 Jamiyat
152 0

Bugun mamlakatimizda aholiga koʻrsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini oshirish, yoʻlovchilarni oʻz vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qoʻyishni tashkil etish, chekka hududlar aholisi uchun ham munosib turmush sharoitlarni yaratish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur yoʻnalishda Transport vazirligi tomonidan joylardagi infratuzilma obyektlarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiyadan chiqarish boʻyicha belgilangan reja asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Bekobod tuman hokimining qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi saʼy-harakatlari hamda taklifi bilan tadbirkor O.Boboyevga Bekobod tumani Zafar shaharchasi “Toshkent yoʻli” hududidan “Yoʻlovchi tashuvchi transport vositalariga avto bosh bekati hamda avtoturargox” qurilishi uchun 0.40 g. yer maydoni ajratilib, 2019-yil 28-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda ushbu maydonda zamonaviy 7 ta perron qurilib, Bekobod tumani shahar ichi, shahar atrofi hamda viloyat ichi shaharlararo yoʻnalishlarida qatnovchi avtobus, mikroavtobus, yoʻnalishli taksi yoʻnalishida harakatlanuvchi avtotransport vositalarining harakat jadvali toʻgʻrisida bekatlarda axborot beruvchi tablolar oʻrnatilgan bu esa yoʻlovchilar oʻz vaqtini samarali tashkil etishda ahamiyatli oʻrin tutadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?