Bekobodda sayyor qabul oʻtkazilyapti

15:46 23 Sentyabr 2020 Jamiyat
181 0

Bekobod shahridagi “Yoshlar bogʻi”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabul oʻtkazilmoqda. Shahar va tuman hududida istiqomat qilayotgan aholi vakillari, tadbirkorlar turli xil muammolar, taklif va murojaatlar bilan tashrif buyurishyapti.

Fuqarolar qabulida 17 ta vazirlik va tashkilotlar, huquq-tartibot idoralari rahbar va mutasaddilari ishtirok etmoqda. Ular aholi tomonidan bildirilgan eʼtirozlar, ariza va shikoyatlarni tezkorlik bilan oʻrganishib shu joyning oʻzida hal etish choralarini koʻrishmoqda.

Ushbu sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari Alisher Usmonov, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etyapti.

Bizni kuzatib boring, mavzuga batafsil qaytamiz.

Shodiyor MUTAHAROV
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?