Bekobodda ovqatdan zaharlangan 55 kishidan 46 nafari kasalxonada qolmoqda
2018 yil 30 mart soat 6:20 dan 31 mart soat 14:30 gacha 55 nafar, shu jumladan 6 nafar bolalar tana xaroratining ko‘tarilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi, shikoyatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Ulardan 50 nafari Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga, 4 nafari tug‘ruq bo‘limiga va 1 nafar bemor Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti shifoxonasiga “o‘tkir gastroenterit, ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:
Bekobod shahridagi “Baxt uyi” to‘yxonasida 28 mart kuni fuqaro Yunusov Begali tomonidan o‘tkazilgan nikoh to‘yida 300 nafar, “Dildora” to‘yxonasida fuqaro Gulmurodova Dilobar o‘tkazgan qiz bazmida 280 nafar mehmonlar qatnashgan. Har ikki to‘yxonada ham Bekobod shahridagi “Nodirbek omad baraka” xususiy korxonasiga qarashli “Istiqlol” kafesi tomonidan tayyorlangan “Mujskoy kapriz”, “Yaponcha”, “Qirolicha”, “Ot shefa”, “Pikantnыy”, “Olive”, “Go‘shtli bodring” salatlar, norin, chuchvara, lyula kabob, ugra, bifstrogan taomlar dasturxonga qo‘yilgan.
Bemorlardan olingan biologik namunalar Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriyasiga yuborildi.
Yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyida o‘rganish, bemorlarni davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy mutaxassislarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori, t.f.n. A. Abdushukurov, institut shifoxonasining bosh vrachi, t.f.n. J. To‘ychiyev, 3 nafar reanimatolog, Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi B. Almatov va bo‘lim mudiri 2018 yil 30 mart kuni Bekobod shahriga yuborildi.
Shifoxonada bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, dori-darmon zahiralari yetarli. Bemorlarning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Ikki nafar bemorga qoniqarli ahvolda uylariga javob berildi. Murojaat qilgan 7 nafar bemorlarga ambulatoriya sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatilib, ahvollari qoniqarli bo‘lgani uchun ularga ham uylariga ketishga ruxsat berilgan.
To‘y marosimida ishtirok etgan fuqarolarni ro‘yhatini aniqlash, profilaktik va epidemiya qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun shahar tibbiyot birlashmasidan jalb etilgan 136 nafar patronaj xamshiralar va sanitariya-epidemiologiya xizmatidan 50 nafar mutaxassislar tomonidan xonadonma-xonadon yurib, surishtirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabarida.
O‘tkazilayotgan davolash, profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlar, bemorlardan olingan biologik namunalarning laboratoriya tahlili natijalari, yakuniy tashxis to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Yuzaga kelgan epidemik vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: