“Bekklaster”ning paxta hosili punktga sigʻmay qoldi. Sirdaryoda toʻrtta tuman belgilangan marrani egalladi

10:15 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
106 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyatidagi “Bekklaster” qoʻshma korxonasining paxta qabul qilish punktida 66 ta xirmonjoy (bunt) bor. Ularning bari allaqachon paxta bilan band boʻldi.Ayni chogʻda kelayotgan hosildan qoʻshimcha xirmonlar koʻtarilmoqda.

Hozirgacha klaster boʻyicha 43 ming tonnadan ziyod paxta terib olindi. Umumiy koʻrsatkich esa 44 ming tonnadan oshishi kutilmoqda.Bir necha yildirki,tuzilmada gʻoʻza koʻchatlari 76 sxemasidagi qator orasiga va gektariga anʼanaviydan ancha ziyod miqdor- 130-140 mingtagacha joylashtirilmoqda.Shuningdek, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi ham bosqichma –bosqich yoʻlga qoʻyilayotir. Joriy yilda 317 gektarda ana shu usul qoʻllandi.

Aytish lozimki, hozirgacha Sirdaryo viloyatidagi toʻrtta – Mirzaobod, Sayxunobod, Xovos va Boyovut tumanlarida shartnomaviy rejalar bajarildi. Viloyat boʻyicha belgilangan bu boradagi marra ham tobora yaqin qolmoqda. Eng muhimi esa hali dalada hosil yetarli. Buni viloyatda qabul punktlariga kuniga 2 ming tonnaga yaqin yoki rejaning 1 foizidan ortiq hosil topshirilayotganidan ham bilsa boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?