Behzod Musayev Bosh vazir oʻrinbosari boʻlishi kutilyapti

13:39 13 May 2020 Siyosat
405 0

Davlat Soliq qoʻmitasining raisi lavozimiga Qudbiyev Sherzod Davlyatovich nomzodi maʼqullandi. Bu haqda “Milliy tiklanish" demokratik partiyasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Bosh Vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga shu paytgacha Davlat Soliq qoʻmitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Musayev Behzod Anvarovich nomzodini maʼqulladi.

Shuningidek, Davlat Soliq qoʻmitasining raisi lavozimiga, shu paytgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan Qudbiyev Sherzod Davlyatovich nomzodi maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?