Beeline-O‘zbekiston salkam 27 mlrd jarima to‘ladi

18:39 21 May 2018 Iqtisodiyot
441 0

Beeline Uzbekistan (Unitel kompaniyasi) Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan da’voga ko‘ra, 26,9 milliard so‘m (3,3 million AQSh dollari) jarima to‘ladi, deb yozmoqda Sputnik-O‘zbekiston.

Mazkur sanksiyalar uyali aloqa operatori bo‘lishiga qaramasdan, normativda ko‘rsatib o‘tilgan radioaloqalarni ta’minlamaganligi uchun qo‘llanilgan. Davlat inspeksiyasi operatorni «noma’lum radio uzatgichlari» sabab jazolashga qaror qilingani qayd etilgan.

Unitel pozitsiyasini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tushuntirishlar bilan rasmiy maktub yuborgan BMT qoshidagi Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI) ham buni qo‘llab-quvvatlagandi.

Xususan, ta’kidlanishicha, «oddiy baza stansiyasi» normativ ko‘rsatilayotgan uyali aloqa xizmati sifatini aniqlash uchun ishlatilmaydi va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan uyali aloqa xizmatlari sifati bo‘yicha XEI tavsiyalariga kiritilmagan.

«Mobil xizmatlarning sifatini aniqlash uchun ushbu mezon o‘rniga uyali aloqa tarmog‘ining qamrovi va mavjudligi, ovozli aloqa sifati, interaktivlikning yo‘qolishi kabi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi», — deyiladi XEIning radiokommunikatsiyalar byurosi direktori Fransua Ransining maktubida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Unitel kompaniyasi jarimani to‘lasa-da, Oliy sud yoki xalqaro arbitrajga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Ushbu ishda Xalqaro elektro aloqa ittifoqining pozitsiyasi uchungina emas, balki O‘zbekistonning ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib bizning kompaniya vijdonan va o‘z vaqtida sud qarorini bajardi. Shubhasiz, biz Beeline va Ucell kabi xorijiy investorlar davlat operatorlari bu kabi holatda tortiladigan jarimadan 40 barobar ko‘proq miqdordagi sanksiyaga uchraganimizdan xafa bo‘ldik», — deydi Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov.

Uning fikriga ko‘ra, uyali aloqa kompaniyalarining umumiy qabul qilingan normativlardan mutlaqo boshqa turlarga — radioaloqa, televideniye va radioeshittirishlarda qo‘llanilishi umumun shod etmaydi.

Unitel kompaniyasiga 1996 yilda asos solingan. 2006 yilning 12 sentyabridan buyon Unitel kompaniyasi Beeline savdo markasi ostida o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Ayni vaqtda Beeline O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori hisoblanadi. 2017 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniya abonentlari 10 millionlik marraga yaqinlashib qolgan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?