Bebaho sovgʻa

18:39 28 Mart 2019 Jamiyat
352 0

Navoiy viloyati hokimi oʻzi oʻqigan maktabga kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi.

Mamlakatimiz rahbarining joriy yil 19 mart kunidagi yigʻilishda kitobxonlikni rivojlantirish orqali farzandlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatish va har bir rahbarning oʻzi oʻqigan maktabi kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilishi xususidagi tashabbusi Navoiy viloyatida ham korxona, tashkilot va boshqarmalar rahbar xodimlari tomonidan yuksak ishonch va insoniy burch sifatida qabul qilindi. Zero,taʼlim bergan dargohga kelib kitob topshirish, erishilgan yutuq va martabada kitobning oʻrni borasida dildan suhbatlashish oʻsib kelayotgan avlod qalbida shijoat olovini yoqishi shubhasiz.

Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov Karmana tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga kelib, uning kutubxonasiga 200ta kitob sovgʻa qildi. Shu bahona ilm dargohining pedagogik jamoasi va oʻquvchilari bilan uchrashib, oʻqigan asarlari, sevimli adabiy qahramonlari, bugungi adabiy jarayon va mutolaa madaniyati xususida oʻz munosabatlarini bildirdi.

Maktab jamoasi bebaho sovgʻalar uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, ushbu tuhfa yoshlar dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning kitobga oshno tutinishida muhim omil boʻlishini taʼkidladilar.

Temur ESHBOYEV, (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?