“Barselona”ning sobiq murabbiyida davolab boʻlmaydigan kasallik aniqlandi

23:41 18 Iyun 2020 Sport
321 0

Foto: championat.com

Ispaniyaning “Barselona” klubining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrikening yordamchisi Xuan Karlos Unsue amyotrofik lateral skleroz yoki Lou Gergig kasalligi tashxisi qoʻyilgan.

Bu haqda jamoaning rasmiy veb-sayti xabar tarqatdi. Afsuski, bu kasallikning davosi yoʻq va oxir oqibat toʻliq falajga olib keladi.

Unsue 2003-yildan 2010-yilgacha Barselonada darvozabonlar murabbiyi sifatida, shuningdek 2014-yildan 2017-yilgacha Kataloniya klubining murabbiylar shtabida ishlagan. U faoliyati davomida bosh murabbiylar Frank Raykaard, Xosep Gvardiola va Luis Enrikega yordam berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?