“Barselona” yana bir braziliyalik futbolchini sotib oldi

09:34 25 Iyul 2018 Sport
257 0
Foto: «Barselona» rasmiy sayti

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi Fransiyaning “Bordo” klubi yarim himoyachisi Malkomni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Ung ko‘ra, kataloniyaliklar braziliyalik uchun “Bordo”ga 41 million yevro to‘lashga rozi bo‘ldi. Yana bir million yevro esa futbolchining ishtirokiga qarab, keyinchalik bonus ko‘rinishad berilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rimning “Roma” jamoasi 21 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishganini kecha e’lon qilib ulgurgandi. Biroq “Barselona”ning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi mazkur transferning barbod bo‘lishini ta’minladi.

Malkom o‘tgan mavsum “Bordo” safida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu bilan birga Liga 1 da mavsumning eng chiroyli goliga mualliflik qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?