Barcha xizmatlar bir joyda mujassam

08:45 31 Yanvar 2019 Siyosat
544 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumanidagi Davlat xizmatlari markazida boʻldi.

Bundan toʻqqiz oy oldin mazkur markaz oʻrni tashlandiq joy boʻlgan, oʻtgan qisqa vaqt mobaynida zamonaviy markaz binosi qad rostladi, qurilish va bunyodkorlik ishlariga 5 milliard 740 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Markaz bir kunda 200-250 mijozga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Endilikda bu yerda tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, notarius, FHDYO boʻlimi, pasport berish va almashtirish kabi 103 xizmat turi koʻrsatiladi. Shuningdek markazda kutubxona, nikohdan oʻtuvchilar uchun tantanalar zali, investorlar xonasi tashkil qilingan, bundan tashqari haydovchilik guvohnomasi berish uchun eng soʻnggi uskunlar bilan jixozlangan.

“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas – davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu gʻoyasini soʻzsiz amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat xizmatlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi fuqarolarning ham vaqti, ham mablagʻini tejashga xizmat qiladi. Aholi tomonidan qilinayotgan har bir murojaat eʼtiborda boʻladi, – dedi Prezident.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?