Banklarning masofaviy xizmatlaridan mijozlar mamnunmi?

11:49 27 Avgust 2018 Iqtisodiyot
180 0

Bugun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi hisob. Bu esa hozirgi tezkor zamonda vaqt va mablagʻni tejash borasida masofaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish imkonini bermoqda. Shunday ekan, aholi uchun qulay boʻlgan bunday xizmatlar bank-moliya tizimida qanday yoʻlga qoʻyilgan? Ulardan mijozlar mamnunmi?

Ayni paytda ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan oʻtkazilayotgan anjumanda ushbu masala muhokama qilinayapti, deb xabar bermoqda muxbirimiz Said Rahmonov.

Bank Axborotlashtirish departamenti direktori oʻrinbosari Ulugʻbek Islomovning aytishicha, bugungi kunga qadar “Internet banking”, “Mobil banking”, “SMS banking” xizmatlari joriy etilgan. Ular, aytish mumkinki, mijozlarga maʼqul boʻlmoqda. Buni mijozlar soni oyiga oʻrtacha 30-40 foiz oʻsayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi.

Mutaxassislarning aytishicha, masofaviy xizmatlar turi moliya bozoridagi yangi yoʻnalish hisoblanadi. Shu bois uni joriy qilish katta mablagʻ talab etadi. Eʼtiborlisi, hozirning oʻzida xarajatlarning 60-70 foizi qoplanayapti.

Bank tomonidan yaqinda jismoniy shaxslar uch yana bir yangi - “Depozit banking” xizmati amaliyotga tatbiq qilindi. Bu omonotchilarning bankka kelmasdan turib amaliyotlarni bajarishlarida ayni muddao boʻlayotir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?