Banklarda odamlar sumkalarda pul bilan navbatda turishibdi

13:21 21 Avgust 2019 Jamiyat
95 0

Xabaringiz bor, tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yoʻlga qoʻyildi. Sputnik muxbiri Toshkentdagi tijorat banklaridagi vaziyatni kuzatdi.

Unda qayd etilishicha, aksariyat valyuta ayirboshlash joylari oldida navbatlar yuzaga kelgan. Ular oldida huquq-tartibot organ xodimlarini koʻrish mumkin.

Ehtimol, bunday choralar, odam gavjum boʻladigan joylarda huquqbuzarlikni oldini olish va aholini “valyutafurush”lardan toʻsish uchun amalga oshirilmoqda. Ichki ishlar xodimlari paydo boʻlishi bilan “valyutafurush”lar darhol gʻoyib boʻldi, deyiladi xabarda.

Xabarga koʻra, odamlar sumkalarda pul olib kelishmoqda. Shu bilan birga, valyuta sotib olishga hech qanday cheklovlar yoʻq, ammo baʼzi banklarda tez tugamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?