“Banklararo intellektual liga” oʻyinlariga start berildi. Dastlabki gʻolib ham maʼlum

14:04 25 Fevral 2020 Iqtisodiyot
364 0

2020-yil 22-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan birinchi marta “Banklararo intellektual liga” oʻyinlarining dastlabki turi oʻtkazildi. Unda 19 ta tijorat bankidan 150 nafardan ortiq bank mutaxassislari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil – Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan yosh bankchilar uchun “Banklararo intellektual liga” loyihasi tashkillashtirildi. Loyiha yoshlarning yetakchilik, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, jamoa bilan ishlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Liganing dastlabki turida savollar bank ishi va moliya sohasi, qonunchilikka oid professional bilimlar va badiiy yoʻnalishlarga bagʻishlandi.

Ilk musobaqa natijalariga koʻra, birinchi oʻrinni “Ipak Yoʻli” banki, ikkinchi oʻrinni Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda uchinchi oʻrinni “Aloqabank” jamoalari egallashdi. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani boʻyicha “Badiiy adabiyot bilimdoni” maxsus nominatsiyasi gʻolibligini Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakili Saodat Roʻziyeva qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?