Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilindi

20:17 18 Iyul 2018 Hujjatlar
1114 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Qarorga muvofiq joriy o‘quv yili uchun 10 ta mutaxassislikka jami 200 ta tinglovchi qabul qilinadi.

Qabul kvotalarining 65 tasi davlat granti asosida, 135 tasi esa to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilab berildi.

Eng ko‘p tinglovchi “Tijorat banklarini boshqarish” mutaxassisligiga (45 ta) qabul qilinsa, “Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish” mutaxassisligiga faqat to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Akademiya magistraturasiga iqtisod sohasida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, yoshi 35 dan oshmagan nomzodlar vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining yo‘llanmalari asosida qabul qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?