Bank mablagʻlarini oʻzlashtirganlar ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

11:51 30 Yanvar 2019 Jamiyat
270 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda Sayxunobod tumanidagi fermer xoʻjaligi rahbari T.O. byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilganligi aniqlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, fermer xoʻjalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻini shartnomada koʻrsatilgan maqsadga yoʻnaltirmasdan, 230 million soʻmni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?