Balkonidagi gul tuvaklarda nasha yetishtirayotganlar ushlandi

19:32 13 Avgust 2019 Jamiyat
86 0

Tezkor profilaktik tadbirlar natijasida Shayxontohur tumanida yashovchi 45 yoshli Baxrom S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari boʻlgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotgani maʼlum boʻldi. Joriy yilning 8-avgust kuni, taxminan 22.10 da Bahromning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha oʻsimligini aniqlashdi. Mazkur fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“ Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

***

Joriy yilning 11-avgust kuni taxminan soat 19.05da jinoyat ishi yuzasidan oʻtkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli Toxir A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari boʻlgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani, hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlandi uni huquq-tartibot organlari vakillariga topshirdi. Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIBB xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?