Baliqchilik tarmogʻi yuqori bosqichga koʻtariladi

11:24 01 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
138 0

Prezidentimizning “Baliqchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizda baliqchilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash, baliqchilik va baliq ovlash xoʻjaliklari samaradorligini oshirish maqsadlarini oʻzida ifoda etdi.

Qaror bilan ushbu sohada yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda intensiv texnologiyalarni keng joriy etish ishlari yuqori bosqichga olib chiqiladi.

2021-2022-yillarda suv tanqisligi sharoitida daryo va kanallardan suv oladigan baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan sunʼiy suv havzalarida bosqichma-bosqich yangi resurs tejamkor intensiv texnologiyalardan va ikkilamchi suv manbalaridan keng foydalanish amaliyoti joriy etiladi.

Sohaga kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularda zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun xorijiy stajirovkalar tashkil etiladi.

Kelgusida yirik baliqchilik klasterlarida baliqlarni inkubatsiya qilish, yopiq suv aylanma tizimida, qafaslar, beton basseynlar va tuproq havzalarida intensiv usulda baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirish boʻyicha baliqchilik xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitishga ixtisoslashtirilgan pullik oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish istagidagi talabgorlarga tijorat banklari orqali kredit mablagʻlari olinishida alohida koʻmaklar berilishi ham qaror imtiyozlaridan biridir.

Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri oʻrinbosari,
OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?