Bayrutdagi portlash va namoyishlardan keyin ikki vazir isteʼfo berdi

22:34 10 Avgust 2020 Dunyo
463 0

Bayrutdagi kuchli portlashdan keyin Livan hukumatiga bosim ortib bormoqda. Yakshanba kungi aksilhukumat namoyishlari ortidan Axborot vaziri Manal Abdul Samad hamda Atrof muhit va maʼmuriy rivojlanish vaziri Damianos Kattar isteʼfo berdi.

Kattarning fikricha, “besamara hukumat” koʻp bora muvaffaqiyatsizlikka uchradi, endi u yoshlardan umid qilmoqda. Avvalroq bosh vazir Hasan Diab 10-avgust kuni hukumatga muddatidan avval saylov oʻtkazishni taklif qilishini aytgan edi.

Maʼlumotlarga qaraganda, poytaxt Bayrutda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlarida yuzlab odam jarohatlangan. Livanda koʻpchilik 4-avgust kuni yuz bergan va 150 dan ziyod kishining oʻlimiga sababchi boʻlgan portlashda hukumatni ayblamoqda.

Deutsche Welle xabariga koʻra, kecha BMT va Fransiyaning tashabbusi bilan oʻtkazilgan xalqaro onlayn-konferensiyada Livanga yordam koʻrsatish uchun 253 million yevro toʻplandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?