Bayramga eng yaxshi sovgʻa

17:11 22 Avgust 2019 Jamiyat
118 0

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasida mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan poytaxtdan yoʻlga chiqqan “Kitoblar karvoni” Namanganga ham yetib keldi. Bir guruh kitob ixlosmandlari turli adabiyotlardan iborat “Prezident sovgʻasi”ni tantanali kutib oldilar.

12 nomdagi 8352 dona kitob yangi oʻquv yili oldidan umumtaʼlim maktablarining kutubxonalariga taqdim etiladi. Oʻzbek va jahon adabiyotining nodir namunalari, shuningdek, taniqli yozuvchilarning yangi asarlaridan jamlangan adabiyotlar turkumi yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi tabiiy.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?