Bayram kunlari Toshkentning ayrim koʻchalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

15:23 29 Avgust 2018 Jamiyat
191 0

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami tantanalarini oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagi keltirilayotgan koʻchalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yil 31 avgust kuni:

— Amir Temur koʻchasi – Islom Karimov koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha

— Buxoro koʻchasi – Taras Shevchenko koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha

— Islom Karimov koʻchasi — Taras Shevchenko koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha

— Matbuotchilar koʻchasi – Nuroniylar koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha

— Istiqlol koʻchasi – Zarafshon koʻchasidan – Istiqbol xiyobonigacha

— Oloy koʻchasi – Shahrisabz koʻchasidan – Istiqlol koʻchasigacha

— Mustaqillik koʻchasi – Shahrisabz koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha

— Mahtumquli koʻchasi — Shahrisabz koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha

— Istiqbol koʻchasi — Shahrisabz koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha

2018 yil 1 sentyabr kuni mushak otish vaqtida:

— Seul koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Bobur koʻchasining Oʻrikzor koʻchasidan Sharshara koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Furqat koʻchasining Sharshara koʻchasidan I. Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Beshyogʻoch koʻchasining Furqat koʻchasidan I. Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi

— I.Karimov koʻchasining Sh. Rashidov koʻchasidan Qoratosh koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Afrosiyob koʻchasining Sh. Rashidov koʻchasidan I. Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Chilonzor koʻchasining Muqumiy koʻchasidan Novza koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Novza koʻchasining Chilonzor koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismi

— Baynalminal koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Muqumiy koʻchasigacha boʻlgan qismi

— I. Karimov koʻchasining Beshyogʻoch koʻchasidan Sh. Rashidov koʻchasigacha boʻlgan qismida barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.

Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabr kuni bayram tadbirlari oʻtkaziladigan “Lokomotiv-Anhor”, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulugʻbek, “Ashxobod”, “Furqat”, “Quyoshcha nuri”, “Bogʻishamol”, “Doʻstlik” va “Grin Park” bogʻlariga, Hayvonot bogʻi oldidagi maydonga, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldiga tutash koʻchalarda xalq sayli vaqtida hamda vaziyat taqozo etganda boshqa koʻchalarda ham transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?