Bayram kuni Toshkentda qaysi manzillarda salyut otilishi maʼlum boʻldi

11:35 30 Avgust 2018 Jamiyat
821 0

Toshkentda 1 sentyabr kuni kech soat 21:00 dan 21:16 gacha Mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan bayram salyuti amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Poytaxt aholisi va mehmonlari bayram salyutlarini Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi istirohat bogʻlarida tomosha qilishi mumkin.

Istirohat bogʻlari va maydonlar roʻyxati:

“Quyoshcha nuri” istirohat bogʻi;

Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (yangi bogʻ);

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bogʻ (Eko bogʻ);

“Grin Park” madaniyat va istirohat bogʻi (sobiq “Sohil” bogʻi);

Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi;

“Bogʻishamol” madaniyat va istirohat bogʻi;

Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi;

“Anhor-Lokomotiv” istirohat bogʻi;

Yakkasaroy tumanidagi Bobur bogʻi;

“Doʻstlik” istirohat bogʻi;

“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi maydonining Bunyodkor shohkoʻchasiga yaqin qismi;

“International Hotel Tashkent” mehmonxonasining old maydoni, Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab;

Milliy bogʻ hududiga kirish qismi, Furqat koʻchasi boʻylab;

Adiblar xiyoboniga kirish qismi, Bunyodkor shoh koʻchasi boʻylab.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?