“Bahor” davlat raqs ansambli” tashkil etildi

12:13 05 Fevral 2020 Madaniyat
284 0

“Milliy raqs sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4584-son, 04.02.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Mukarama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” faoliyati tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Oʻzbekistonda raqs sanʼatini yana-da rivojlantirish, milliy raqs sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish davlat raqs ansamblining vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga koʻra, davlat raqs ansambli konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziya olmasdan, shuningdek, Oʻzbekistonda konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.

Davlat raqs ansamblining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ijodkorlari ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida doimiy homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi” tashkil etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?