Bahodir Jalolov professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

15:10 20 Iyul 2018 Sport
502 0
Foto: olympic.uz

22 iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov AQSHda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu jangda superog‘ir vaznli bokschiga amerikalik Kurtis Xid raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Xid bungacha professional boksda oltita jang o‘tkazgan va ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bahodir esa prof ringdagi debyutini may oyida nishonlagan va o‘shanda meksikalik Ugo Truxiloni texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bokschining jang oldidan fikrlari bilan qiziqdi.

“Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman – g‘alaba qozonish! O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman”, – dedi Jalolov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?